IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7257-sonli harbiy qismda “OITS - asr vabosi” mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi. 

Tadbirda OITSga qarshi kurashish markazi oliy toifali shifokori X.Shaimov ishtirok etib, orttirilgan immun tanqisligi sindromi kasalligi, uning kelib chiqishi, yuqish omillari, rivojlanishi hamda oilaviy, ruhiy, maʼnaviy, axloqiy oqibatlari haqida batafsil soʻz yuritdi. Shu bilan birga, asr vabosi atalmish ushbu xastalikka qarshi jahonda va mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar, koʻrilayotgan choralar haqida maʼlumot berdi.

Gʻofur TOʻRAYEV,

podpolkovnik.