Yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasida oʻtkazilgan shunday tadbirda IIV Jamoat xavfsizligi xizmati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi vakillari ishtirok etdi. Unda xodimlar yoʻl harakati qoidabuzarliklarini aniqlovchi uskunalar bilan yaqindan tanishishdi. Ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi.
Shundan soʻng Taxiatosh va Xoʻjayli tumanlari qoʻriqlash boʻlimlari xodimlarining qish mavsumiga tayyorgarligini, shaxsiy avtomashinalarining hujjatlarini tekshirish va texnik sozligini aniqlash maqsadida avtoreyd oʻtkazildi. Tekshirishlar mobaynida ayrim xodimlarning avtotransport vositalariga taalluqli hujjatlarning boʻlmaganligi tufayli ularga nisbatan tegishli choralar qoʻllanildi.
Yoʻl qoidasi – umr foydasi. Shunday ekan, har birimiz uzogʻimizni yaqin qiladigan avtomashinalarimizni tegishli hujjatlari bilan boshqarsak, albatta, maqsadqa muvofiq boʻlar edi.
Allamurat XOJANAZAROV,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi
Axborot guruhi bosh mutaxassisi, kapitan.
