Aholi muammolarini ijobiy hal etish boʻyicha Toshkent viloyati IIBB boshligʻi, general-mayor Tohir Aripovning navbatdagi sayyor qabuli Ohangaron shahridagi Oxunboboyev mahallasida tashkil etildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtgan uchrashuvda mazkur hudud hokimligi mutasaddilari hamda tegishli tashkilot va korxonalarning vakillari ishtirok etishdi.
Qabul davomida aholining ijtimoiy himoyasi, elektr-energiya, sogʻliqni saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, tergov va ichki ishlar organlariga xizmatga kirish kabi 40 dan ortiq murojaatlari tinglandi. Eng muhimi, muammolarning bir qismi shu joyning oʻzida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qoʻshimcha oʻrganish talab qiladigan murojaatlarning ijrosi esa, nazoratga olindi.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur uchrashuv aholi muammolariga yechim topishda ayni muddao boʻldi.
Oʻz muxbirimiz.
