Buxoro viloyati IIB tashabbusi bilan 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami tadbiri tantanali ravishda otkazildi. Viloyat IIBning sohaviy xizmatlar rahbarlari, tizimda faoliyat olib borayotgan va faxriy xotin-qizlar ishtirokida bolib otgan tadbir avvalida sozga chiqqan boshqarma boshligi, polkovnik M.Miralimov jamoat xavfsizligi va osoyishtaligini taʼminlashni oʻzining burchi deb bilib, ichki ishlar organlari safida fidokorona xizmat qilib kelayotgan barcha xotin-qizlar va faxriy ayollarni sana munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
Shuningdek, tantanali tadbirda Ichki ishlar vaziri, general-leytenant P.Bobojonovning tizim xotin-qizlariga yollagan bayram tabrigi hamda viloyat IIOda xizmat qilayotgan ayol xodimalarni mukofotlash togrisidagi buyrugi oqib eshittirildi.
Unga kora, ichki ishlar organlaridagi kop yillik samarali mehnati, soglom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol goyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash ishlariga munosib hissa qoʻshganligi uchun 2 nafar xodimaga “Aʼlo xizmatlari uchun”, 2 nafariga II darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” hamda yana 2 nafariga III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari,1 nafariga Ichki ishlar vazirligining “Faxriy yorligʻi” va 2 nafariga vazirning “Esdalik qoʻl soati” tantanali ravishda topshirildi. Yana 2 nafar xodima viloyat IIB boshligʻining “Esdalik qoʻl soati” hamda 2 nafari qimmatbaho sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.
F.USMONOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
