Vatanparvarlik oyligi 

Olmazor tumani IIOFMBda erkak osoyishtalik posbonlari bilan yelkama-yelka xizmat qilayotgan ayol xodimlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazilib, "Vatanparvarlik oyligi" davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar haqida toʻxtalib oʻtildi.

Xodimalar bilan 9 mm Makarov pistoletini qismlarga ajratish va foydalanish boʻyicha mashgʻulot oʻtkazildi. Shundan soʻng, xodimalar ham qurolni toʻliqsiz qismlarga ajratish va qayta yigʻish borasida oʻz mahoratlarni namoyon etishdi.

Shuningdek, ayol xodimalar oʻrtasida shaxmat va shashka musobaqalari oʻtkazildi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xodimalarga Boshqarma boshligʻi nomidan faxriy yorliqlar topshirildi.

Sobir REJABOV, 

kapitan.