Fargʻona viloyati hududida joriy yilning oʻtgan davrida xotin-qizlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarlik holatlari hamda ularni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Fargʻona, Quvasoy, Margʻilon shaharlari hamda Qoʻshtepa, Uchkoʻprik tumanlarida tahliliy-tanqidiy seminar yigʻilishlari oʻtkazildi.

Muhokamada viloyat hokimi oʻrinbosari Komilaxon Kavlonova, viloyat IIB HPB boshligʻi oʻrinbosari, mayor Dilshoda Oʻrinova, tuman hokimlari, tumanlararo sudlarning sudyalari, “Oqila ayollar harakati” aʼzolari hamda xotin-qizlar faollari ishtirok etdi.

Yigʻilishda joriy yilning oʻtgan davrida oilaviy ajrimlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ortgani qayd etilib, uning sabablari tahlil qilindi. Xotin-qizlar oʻrtasida sodir etilgan jinoyatlar mahallalar kesimida tanqidiy muhokama etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan topshiriqlar berildi.

Abduvosit Sidiqov,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.