Oilaviy zoʻravonlikning oldini olish, jabr koʻrganlarga amaliy yordam berish va nizoli oilalarning muammolarini oʻrganish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB va viloyat prokuraturasi hamkorligida Chiroqchi tumanida sayyor qabul oʻtkazdi. 

Sayyor qabul jarayonida doimiy ravishda nizolashib kelayotgan 17 ta oilaning muammolari oʻrganildi. Natijada 4 ta oila yarashtirildi, 3 nafar ayolga himoya orderi berildi, 2 nafarining aliment bilan bogʻliq muammosi hal etildi. 

Bu yoʻnalishdagi ishlar davom ettirilmoqda.

Hidoyat TOʻRAYEVA, 

podpolkovnik.