Buxoro shahar 3-sektor hududida yashovchi "Ayollar daftari"ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron, nogiron farzandlari bor va ishsiz boʻlgan 396 nafar ayollarga bir martalik moddiy yordam pullari tarqatildi. Shu bilan bir qatorda, yangi oʻquv yili boshlangani munosabati bilan oliy oʻquv yurtlari va akademik litseylarning qizlar yotoqxonalari ham nazoratdan oʻtkazildi. Yana talaba qizlar bilan jinoyatdan jabrlanish yoki jinoyat sodir etilishi holatlarining oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish borasida hamkor idoralar bilan birgalikda manzilli tadbirlar olib borilmoqda. Joriy yilning shu kuniga qadar 371 nafar xotin-qizlarga himoya orderlari rasmiylashtirilib, qonuniy himoyaga olindi.
D. SHAROPOVA,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
