Jizzax shahrida viloyat IIB JXX JTSBga qarashli muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitasiya qilish markazi hamda maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlashga moʻljallangan maxsus qabulxonaga joylashtirilgan shaxslar ishtirokida mehnat yarmarkasi oʻtkazildi. Tadbir doirasida hokimlik, ichki ishlar organlari, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi masʼullari tomonidan tadbir qatnashchilarining muammolari oʻrganilib, ularga moddiy, huquqiy, psixologik koʻmak olish, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, ayni maqsadda ajratiladigan kreditlar haqida maʼlumotlar berildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“POSTDA” muxbiri.

Jizzax viloyati.