#Tezkor

Joriy yilning 5 aprel kuni soat 22:52 da Guliston shaharlararo «Qoʻriqlash» boʻlimiga ATB «Agrobank» bankomatidan tashvish xabari kelib tushgan. Tezkor guruh voqea joyiga yetib borganda, nomaʼlum shaxs bankomat eshigini ochishga urinayotgani aniqlangan. U xodimlar tomonidan ushlanib, Mirzaobod tumani Iibga topshirilgan.

Dastlabki surishtiruv natijasida, huquqbuzar avval Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan sudlangan, shu yilning mart oyida jazo muddatini oʻtab kelgan N. ekanligi maʼlum boʻlgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

«Postda» muxbiri.

Sirdaryo viloyati.