Mirjalol Madaminov IIV Akademiyasini tamomlagach, Andijon shahar IIOFMB Ekspert-kriminalistika boʻlimida ekspert-kri­minalist lavozimida xizmat qila boshladi. Tajribali ustozlar – boʻlim boshligʻi, podpolkovnik Tohirjon Ah­madjonov, katta ekspert-­kri­minalist, mayor Baxti­yorjon Kattayev rahbarligida oʻz ishining ustasiga 

aylandi. 

Hozirgi kunda viloyat IIB EKM katta ekspert-kriminalisti, kapitan M. Madaminov daktiloskopik, trasologik, ballistik, husnixat ekspertizalari, hujjatlarning texnik ekspertizasi va sovuq qu­rollar ekspertizasini oʻtkazish huquqiga ega.

– Ekspert-kriminalist faoliyati muayyan xususiyatlarga ega boʻlishni talab qiladi, – deydi kapitan M.Madaminov. — Kriminalist, albatta, qiziquv­chan, izlanuvchan, yuksak intellektli, bilimli va shu bilan birga, oʻziga 

ishongan boʻlishi kerak. 

U yaxshi xotiraga ega boʻlishi, tahlil qilishni bilishi va tekshirilayotgan obyektga uzoq vaqt diqqatini jamlay olishi lozim.

Biroq aksariyat hollarda, faqat dastlabki tahlillar ho­disa joyida amalga oshiriladi, dalillarni toʻliq va sinchiklab tekshirish ishlari esa laboratoriyada olib boriladi.

Kriminalistika fani doimiy ravishda rivojlanib, tergov olib borishga yordam beradigan eng yangi usullar va texnologiyalar bilan bo­yitilmoqda. Ushbu usul­lardan biri DNK tekshiruvi boʻlib, u qoldirilgan organik izlar, masalan, soch, ter yoki soʻlak yordamida insonning shaxsini aniqlash imkonini beradi.

Bugungi kunda kapitan Mirjalol Madaminov oʻz tajribasi va bilimlarini yosh xodimlar bilan oʻrtoqlashishda davom etmoqda.

Boris KLEYMAN,

oʻz muxbirimiz.

Andijon viloyati.

Suratda: (oʻrtada) kapitan Mirjalol Madaminov yosh xodimlar – leytenantlar Mironshoh Jamoldinov va Roʻzimuhammad Odilov bilan.