Toshkent shahar IIBB va poytaxt hokimiyatining qoʻshma rejaga asosan, oila-turmush doirasida ayollar tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida «Oilalarda barqaror muhitni mustahkamlash» oyligi davom etmoqda.

Bu borada Yangihayot tumani IIOFMB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlari tomonidan hududda joylashgan tibbiyot muassasasining ishchilari uchun «Zoʻravonlikdan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish va zoʻravonlikni oldini olish» mavzusida tadbir oʻtkazildi. Unda xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi oʻrni, oilaviy qadriyatlar, gender tenglik, xotin-qizlarga nisbatan turli xil tazyiq va zoʻravonliklarga yoʻl qoʻymaslik kabi mavzular muhokama qilindi. 

Xuddi shunday tadbir Yangihayot tumani Yorqin hayot mahalla faollari oʻrtasida ham tashkil etilib, unda «Biz zoʻravonlikka qarshimiz» mavzusi yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Sarvar SOBIROV,

«Postda» muxbiri.