Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda vazirlik boshqarma va boʻlim boshliqlari ishtirok etishdi.
Dastlab soʻzga chiqqan Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov respublikada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari IIV binosida joylashgan “102” avtomatlashtirilgan tizim faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi.
Qiziqarli va mazmunli tarzda oʻtgan matbuot anjumani yakunida esa, ommaviy axborot vositalari vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha mutaxassislardan yetarlicha javob olishdi.
Azamat PIRNIYaZOV,
“Postda” muxbiri.
