Yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutining hududiy filialida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari uchun shakllantirilgan amaldagi va istiqbolli yosh rahbar kadrlar zahirasiga kiritilgan xodimlarning kasbiy, huquqiy, maʼnaviy-axloqiy va psixologik bilimlarini yanada oshirish boʻyicha oʻtkaziladigan oʻquv yigʻini oldidan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, ichki ishlar organlarida rahbar kadrlarga boʻlgan ehtiyoj asosida amaldagi va istiqbolli yosh kadrlar zahirasini shakllantirish, ularni bugungi kun talablariga muvofiq qayta tayyorlash va malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish, zamonaviy rahbar kadrlar tizimini yaratish, shuningdek, rahbar kadrlar almashinuvi ehtiyojlarini kompleks monitoring qilish hamda ularni bosqichma-bosqich moʻljallangan lavozimlarga tayyorlab borish dolzarb masala hisoblanadi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, polkovnik I.Axmedov ishtirok etdi. U oʻz soʻzida joriy yilning 12 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi IIVning kengaytirilgan Hayʼat majlisida mamlakat Prezidenti tomonidan amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, shuningdek, bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlariga qoʻyilayotgan asosiy talablar va aholi oʻrtasida huquqbuzarlikning har qanday koʻrinishiga qarshi murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan samarali ishlarni amalga oshirish har bir ichki ishlar organlari xodimining asosiy vazifasi ekanligini keltirib oʻtdi.

Shundan soʻng soʻzga chiqqan Malaka oshirish institutining hududiy filial rahbari podpolkovnik S.Allambergenov oʻquv yigʻiniga jalb qilingan xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 25 sentabr kunidagi «Ichki ishlar organlarida rahbar kadrlar zahirasini shakllantirishning samarali tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi buyrugʻining mazmun-mohiyati hamda oʻquv yigʻinining asosiy maqsadi, vazifalari va kun tartibi va oʻquv-xizmat intizomi yuzasidan keng tushuntirishlar berdi.

Azamat PIRNIYAZOV,

“Postda” muxbiri.