Sayxunobod tumani Baxmalsoy MFYda joylashgan 2-kasb-hunar maktabida xotin-qizlar huquqlari va ayollar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda Sayxunobod tumani IIB HPB XQMB katta inspektori M.Narmuratova "Kiyinish madaniyati", "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida"gi qonuninig yangi tahriri, "Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish", "Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga beriladigan huquqiy himoya" mavzularida tushuncha berdi.
Oʻquvchi qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
