Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari “Buxoro” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalʼoni (7258-sonli harbiy qism)da Oʻzbekiston xalq baxshisi Baxshiqul Togʻaev hamda “Shuhrat” medali sohibi Baxtiyor baxshi Otaqulovlar tashrif buyurishdi. Ular harbiy xizmatchilarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklashib, baxshiyona kuy va qoʻshiqlar ijro etishdi.
Koʻtarinki ruhda oʻtgan tadbir barchaga manzur boʻldi. Tadbir mehmonlari batalʼon rahbariyati tomonidan ragʻbatlandi.
M. AHADOV,
“Postda” muxbiri.
Buxoro viloyati.
