Fargʻona viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi poliklinikasi rahbariyati Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan xayrli ishga qoʻl urishdi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik tashkil etilib, “Fargʻona” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash batalʼoni va uning tarkibidagi harbiy qism xarbiy xizmatchilari, shunindek, ularning oila aʼzolariga malakali tibbiy xizmat koʻrsatildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikda Fargʻona viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi poliklinikasi shifokorlaridan tashqari “Sogʻlom avlod uchun” xayriya fondining Fargʻona viloyati boʻyicha boʻlimi hamda viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining tor doiradagi mutaxassislari ishtirok etib, Vatan posbonlarining salomatliklarini zamonaviy uskunalar yordamida tekshiruvdan oʻtkazdilar. Zarur tavsiyalar berishdi.

Bundan tashqari, koʻrik davomida bepul dori-darmon hamda tibbiy vositalar ham tarqatildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.