Jizzax shahrida “Prezident archasi” tadbiri boʻlib oʻtdi. Boquvchisini yoʻqotganlar, shuningdek xizmat paytida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari ishtirokida tashkil etilgan bayram tantanasida “Qish ertagi” namoyish qilindi.
Tadbirda soʻz olgan viloyat faollari, jumladan viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov bolalarni bayram bilan qutlab, yurtimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida soʻz yuritdi. Tantanada bolakaylarga Prezident sovgʻalari topshirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
