Guliston tumani IIB Probasiya guruhi nazoratidagi shaxslar uchun sayyor sud tashkil etildi.
Xalqmizda yaxshi kunlarda kechirimlilik namunasini koʻrsatish, adashgan insonlarni toʻri yoʻlga boshqarishdek ezgu qadriyat bor. Shu anʼanaga amal qilingan holda, jinoyat ishlari boʻyicha Guliston tuman sudi tomonidan oʻtkazilgan sud majlisida 21 nafar nazorat ostidagi shaxslarning ishlari koʻrib chiqildi. Probasiya guruhi taqdimnomasiga asosan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoni ogʻishmay oʻtayotgan, tuzalish yoʻliga oʻtgan 10 nafar mahkum jazodan muddatidan oldin ozod etildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
