Kuni kecha Toshkent tumani IIBda mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda shaxsiy tarkib bilan birgalikda, faxriylar ham ishtirok etishdi.

Yigʻilishda tuman IIB boshligʻi, polkovnik D. Mirzamamedov hamda faxriylar kengashi raisi A. Isamuhamedovlar soʻzga chiqib, yurtimizning istiqlolni qoʻlga kiritishi, bu borada qilingan saʼy-harakatlar hamda mustaqilligimizni yanada mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan ijobiy ishlar toʻgʻrisida taʼkidladi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan yosh xodimlarni ona Vatanga mehr-muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda jonbozlik koʻrsatib kelayotgan bir guruh faxriylar taqdirlandi.

Shundan soʻng soʻzga chiqqan mukofotlanganlar ham bildirilgan ishonch uchun vazirlik va viloyat IIBB rahbariyatiga minnatdorlik bildirib, oʻzlarining samimiy tilaklarini izhor etishdi. 

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.