Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati IIB vakillari soha faxriylari, shuningdek xizmat vazifasini bajarish chogʻida vafot etgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolari holidan xabar oldilar. Chunonchi, isteʼfodagi podpolkovnik Alisher Oʻrolov hamda isteʼfodagi starshina Marat Inomovlarga bayram sovgʻalari topshirildi. Shu bilan birga, faxriylar viloyat IIB tibbiyot boʻlimi shifokorlari tomonidan tibbiy tekshiruvdan oʻtkazildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
