Bayramlar arafasida ehtiyojmand, nogiron insonlarni yoʻqlash, ularga mehr-muruvvat koʻrsatish xalqimizning ezgu anʼanalaridan. Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida boʻlgani singari Sirdaryo viloyatida ham ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga Prezident sovgʻalari yetkazilmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Shuhrat Boʻronov Sardoba tumanidagi ana shunday oilalarda boʻli. Sektor rahbari Prezident farmoniga koʻra ajratilgan 800 ming soʻm pul mablagʻi va sovgʻalarni topshirdi. Umuman, sektor aʼzolari tomonidan tumandagi “temir daftar”da turuvchi 223 nafar hamda 18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi va nafaqasini oluvchi 657 nafar, 18 yoshga toʻlmagan nogironligi bor 880 ta oilaga ana shunday pul va sovgʻalar ulashildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
