Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari tashkil topganining 29 yilligi joylardagi harbiy qismlarda yuqori safiyada nishonlandi.
Xususan, qoʻshin qoʻmondonligi va 7251-sonli harbiy qismda shu munosabat bilan katta bayram dasturi tashkil etildi.
Dasturda bir kator mehmonlar, harbiy qismda uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar ham ishtirok etdi.
Tadbirni qoʻshin qoʻmondoni, polkovnik Shokirjon Xudaynazarov tabrik soʻzi bilan ochib, barchani tabrikladi. Oʻz xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, safdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir qator harbiy xizmatchilar ragʻbatlantirildi. Ota-onalarga tashakkurnomalar topshirildi.
Shuningdek, shu kuni tizimda koʻp yillardan buyon xizmat qilib kelgan, yosh harbiy xizmatchilarga ustozlik qilgan katta serjant Farhod Sharipov hurmat-ehtirom bilan nafakaga kuzatildi.
Azamat Kurbanbayev.