Yangi yil bayrami munosabati bilan Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari shaxsiy tarkibi bilan boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari masʼulligi ostida saf koʻriklari va saf tayyorgarligi mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Saf koʻriklari davomida asosiy eʼtibor xodimlar tomonidan formali kiyim-boshni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrugʻi talablari asosida kiyib yurganligiga, farqlovchi belgi (shevron)larini toʻgʻri taqib yurganliklariga, xizmat guvohnomasi bilan shaxsiy (jeton) raqamlari muvofiq kelishi hamda yonida boʻlishi zarur boʻlgan hujjatlari va buyumlarining mavjudligiga qaratildi.
Shuningdek, xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda xizmat kiyimlarini kiyib yurish qoidalariga qatʼiy rioya etishlari toʻgʻrisida koʻrsatmamalar berildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
