Yangi yil arafasida Toshkent viloyati Qoʻriqlash xizmati va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan hududlarda saxovat tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.
Jumladan, viloyat Qoʻriqlash xizmati masʼullari tomonidan tizimda fidokorona mehnat qilib, oʻz xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari hamda sohada uzoq yillar sadoqat bilan xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada boʻlgan xodimlarning uylariga tashrif buyurib, holidan xabar olindi.
Vatanimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida xizmat qilgan xodimlarning ota-onalariga minnatdorchilik bildirildi. Ularning xotirasi yana bir bor yodga olinib, yaqinlariga oziq-ovqat mahsulotlari va esdalik sovgʻalarni topshirildi.
