Yaqinda Uchtepa tumani 295-son maktabda Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi, jinoyat qidiruv xizmati, tuman prokuraturasi, diniy olimlar va mahalla aholisi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda dolzarb masala – uyushmagan yoshlar orasidagi jinoyatchilik mavzusi muhokama qilindi. Aholi vakillaridan biri 27 yoshli Doston A. jamoat joylarida mobil telefonlar oʻgʻirligi bilan shugʻullangan. Unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“Oʻgʻrilik”) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari tomonidan sodir etilgan jinoyatga huquqiy baho berildi, din olimi esa mazkur jinoyatni maʼnaviy tomoni haqida suhbat qildi.
Bu kabi tadbirlardan maʼlum natijalar kuzatilmoqda, zero jamoatchilik tomonidan berilayotgan baho sodir etilgan jinoyat uchun eng asosiy jazolardan biriga aylanmoqda.
