Bilib-bilmay oʻzi anglamagan holda, jinoyat sodir etib, berk koʻchaga kirib qolgan va oʻzining sodir etgan qilmishi sababli panjara bilan qoplangan «tarbiya muassasasi»ga kelib qolgan shaxslar ham yoʻq emas. Aksariyat mahkumlar oʻz qilmishidan pushaymonligini, qayta jinoyat sodir etmasligini va bu yoʻldan boshqa yurmasligini taʼkidlaydi. Lekin ular orasida turli sabablarga koʻra, har xil turdagi jinoyatlarni sodir etgan va bu yoʻldan qaytmasdan, takroran bir necha marotaba jinoyat sodir etib, qilmishiga yarasha javobgarlikka tortilganlari ham bor.
Oʻz qilmishining qonunga xilofligini anglab yetib, tuzalish yoʻliga kirgan shaxslarga oilasi bagʻriga qaytish imkonini berish yurtimizda olib borilayotgan bagʻrikenglik va kechirimlilik siyosatining yorqin namunasi sanaladi. Xususan, Prezidentimizning 2024-yil 8-apreldagi «Ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida»gi farmoniga binoan, 426 nafar shaxsning afv etilgani fikrimiz tasdigʻidir.
Xulosa oʻrnida aytish joizki, hayotda oʻzi bilib-bilmagan holda jinoyat koʻchasiga kirib qolgan shaxslarni toʻgʻri yoʻlga boshlash, ularni jamiyatga qaytarish, kechirimli boʻlish va ozodlikka chiqqan shaxslarning ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, qayta jinoyat sodir etishining oldini olish choralari koʻrilyapti. Bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida ularni yangicha gʻoyalar va yondashuvlar asosida tashkil etish muhimdir.
Farangiz
HAMRAYEVA,
IIV Akademiyasi bitiruvchisi.
