Oʻzbek tili bayrami hamda 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan IIV Jizzax akademik liseyida “Zakovat” intellektual oʻyini uyushtirildi. “Yangi Oʻzbekiston – yangi ichki ishlar organlari” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda “Bilimdonlar” va “Zukkolar” jamoalari kuch sinashdi.
Bu jarayonda oʻquvchilarining oʻzbek tili tarixi va taraqqiyoti, uning rivojiga hissa qoʻshgan adiblar, shoirlar va adabiyotshunoslarning hayoti va ijodiga oid bilimi sinovdan oʻtkazildi. Shuningdek, “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonunning mazmun-mohiyatidan yoshlar qanchalik xabardor ekanliklari aniqlandi. Intellektual oʻyinda “Bilimdonlar” jamoasi gʻolib boʻldi.
Bundan tashqari, lisey oʻquvchilari ishtirokida “Til bilimdonlari” viktorinasi tashkil etildi. Bu tadbir ham yoshlarning oʻzbek tili va adabiyotiga oid bilimini namoyish etish uchun xizmat qildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
