– Ishonchim komilki, bizni yorqin kelajak kutmoqda, chunki buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ammo ushbu kelajak har birimizga, yaxlit xalq boʻlib harakat qilishimizga bogʻliq, – deydi safdor Oʻktam Hamroyev. – Men Vatanim Oʻzbekiston ekanligidan faxrlanaman. Sobitqadamlik bilan olgʻa borayotgan ona yurtim muvaffaqiyatlaridan sevinaman. Biz, harbiy xizmatchilar zimmasiga katta masʼuliyat yuklangan. Mustaqillik yillarida davlatimiz erishgan yutuqlarni yosh avlod asrab-avaylashi, yanada koʻpaytirishi zarur. Har biri­miz, istiqlol tengdoshlari Yangi Oʻzbekiston taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli hissa qoʻshamiz.

– Men uchun mustaqillik, eng avvalo, oʻz yurti, xalqi, madaniyati, ilm-fan va adabiy yutuqlari bilan faxrlanish, iftixor tuygʻusidir. Odamlar hech boʻlmaganda bir marta bizning yurtimizga kelishga intilayotganidan xursandman, – deydi safdor Javohir Niyozaliyev. – Men uchun davlatni professional kadrlar – mamlakat manfaatlari uchun xizmat qiladigan insonlar­ning boshqarishi juda muhim. Toki Oʻzbekiston yoshlari oʻz taraqqiyot yoʻlini tanlash huquqiga ega boʻlsin. 

– Mustaqil yurt bilan birga tugʻilganligim zimmamga muayyan masʼuliyat yuklaydi, – deydi kichik serjant Ortiqjon Imomov. – Men bolaligimdan suveren davlatimiz ravnaqiga hissa qoʻshish uchun harbiy xizmatchi boʻlishni orzu qilardim. Biz, mustaqillik tengdoshlari, el-yurt bilan birga ulgʻaydik, kamolot va kasbiy shakllanish yoʻlida dadil qa­dam tashlamoqdamiz. 

Shuhratillo Azimov Oʻzbekis­ton Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, shartnoma asosida xiz­matni davom ettirishga qatʼiy qaror qildi. Kichik serjant 

Sh. Azimov jangovar va xizmat tayyorgarligi aʼlochisi, yoshlar­ning jonkuyar murabbiyi.

– Mamlakatda uchinchi Uygʻonish davri poydevori qoʻyilib, Yangi Oʻzbekiston qurilishi davom etmoqda. Xalqimiz yuksak marralar sari dadil qadam tashlamoqda. Soʻnggi yillarda yurtimizning turli hududlarida qad rostla­gan yirik inshootlar Oʻzbekis­tonning orzu-intilishlari naqadar buyuk, xalqimizning bunyodkorlik salohiyati naqadar yuksak ekanidan dalolat beradi, – deydi kichik serjant Shuxratillo Azimov.

– Mustaqillik tengdoshi ekanimdan, egnimga oso­yishtalik posboni libosini kiy­ganimdan faxrlanaman, – deydi kichik serjant Nodirbek Hasanov. – Kelgusida soha rivoji uchun oʻz hissamni qoʻshib, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida yanada shijoat bilan xizmat qilishga vaʼda beraman.

Boris Kleyman.