Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik B.Torebekov Respublika koʻp tarmoqli tibbiyot markazida boʻldi.

Vazir bu yorda davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalarini bayram bilan tabriklab, bayram sovgʻalarini topshirdi.

Shuningdek, davolanayotgan bolajonlarga yaqindan yordam berish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.