Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari tomonidan Prezidentimizning “Xavfsiz va ravon yoʻl” umummilliy dasturi doirasida taʼlim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari boʻyicha darslar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Ana shunday mashgʻulotlardan biri Yakkasaroy tumanida joylashgan “Quyoshcha” nomli 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ham boʻlib oʻtdi. Bolajonlarga YHXB YPX brigadasi 2-batalyon 6-safarbarlik guruhi inspektori, kichik serjant Islomjon Abdullayev yoʻl harakati qoidalarini oʻrgatuvchi maydonchalarda amaliy koʻrgazmali vositalar orqali dars oʻtib berdi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
