Navoiy shahrida joylashgan “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab internati oʻquvchilarini Viloyat IIB boshligʻi yangi oʻquv yili bilan tabrikladi. 

Oʻquv yili "Mustaqillik darsi" bilan boshlandi. Maktab ostonasiga endigina qadam qoʻygan 1-sinf oʻquvchilariga “Prezident sovgʻasi” topshirildi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar istiqlol sharofati bilan muassasada yaratilgan imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish, Vatanga munosib farzand boʻlish lozimligi haqida soʻzladi.

Shuningdek, tadbir doirasida viloyat IIB boshligʻi taʼlim dargohida Brayl alifbosiga asoslangan zamonaviy kompyuter qurilmasining ishlash tartibi va qulayliklari bilan yaqindan tanishdi. 

Mahliyo XOLOVA,

Oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.