Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax viloyati IIB JXX Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi masʼullari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida vaqtincha saqlanayotgan bolalarga bayram sovgʻalari topshirishdi. Shuningdek, ularning Jizzax shahridagi bolalar bogʻiga sayohati uyushtirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
