Nurota tumani IIB JXX HPB voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha masʼul xodimlari hududdagi oʻquvchi yoshlar tomonidan huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida keng qamrovli targʻibot ishlarini olib borishmoqda.
Kuni kecha maktablarda “Davomat”, “Tigʻ” tadbirlari tashkil etilib, darslarda sababsiz ishtirok etmayotganlar bilan profilaktik ishlar amalga oshirildi. Shuningdek, chet elga ketgan voyaga yetmagan bolalarni haqiqatan kattalar nazorati ostida ekanligini aniqlash maqsadida ularning yaqinlari bilan suhbatlashildi. Nazoratsiz qolgan oʻquvchilarning ota-onalari oʻrtasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ruhiyatida salbiy oʻzgarish boʻlgan, jizzaki va jahldor bolalar bilan psixolog suhbatlashdi. Ularga oʻzlari bilan sovuq va tigʻli buyumlar olib yurish qonunga zid ekanligi tushuntirildi.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
Navoiy viloyati
