Bugun har bir sohada xodimlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning xizmat sharoitlarini yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Kuni kecha Navoiy viloyati IIBning ijtimoiy himoyaga muhtoj 25 nafar xodimining farzandlariga yangi oʻquv yili boshlanayotgani, qolaversa Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan maktab formalari va oʻquv qurollaridan iborat jamlanmalar hadya etildi. Bolalar orasida xizmat vaqtida vafot etgan 11 nafar xodimning farzandlari ham bor edi. Tadbirga tashrif buyurgan ota-onalar boshqarma maʼmuriyatiga chuqur minnatdorlik bildirdilar. Unda soʻzga chiqqanlar bolalarning oʻqishlarida muvaffaqiyatlar tilashdi.

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.