Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani “Yangidala” qishloq fuqarolar yigʻinida yashovchi A.Sh. muqaddam jinoyat sodir etib, el oldida yuzi qaro boʻlganlardan. Sud unga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlagandi. Ammo mahkum jazoni ochiqda oʻtash imkoniyatidan foydalana olmadi. Yaʼni, sud tomonidan belgilangan taqiqqa zid ravishda yashash manzilidan ketib qoldi.
Natijada shu yilning 4 noyabrida jinoyat ishlari boʻyicha Arnasoy tumani sudi tomonidan unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi. Ichki ishlar organlari xodimlari qochoqning uzoq bekinishiga yoʻl qoʻymadilar. A.Sh.ning Toshkent shahridagi yashirin manzili aniqlanib, qoʻlga olindi. Tabiiyki, endi u jazodan boʻyin tovlash bilan bogʻliq xatti-harakatlari uchun ham javob beradi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
