Ichki ishlar organlari xodimlari Jizzax shahrining “Zargarlik” mahallasi hududida K. Q. boshqaruvidagi “Neksiya”ni toʻxtatib, tekshirdilar. Avtoulovdan 10 ta qadoqqa joylangan 240 dona kuchli taʼsir qiluvchi “Benzonal” psixotrop vositasi topildi. «Sugʻdiyona» mahallasida yashovchi K. Q. psixotrop moddani sotish maqsadida oʻzi bilan olib yurganligini bildirgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
