Jizzax shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi mahallada yashovchi Yu.A. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, firibgardan aziyat chekkanligini bildirgan. Maʼlum boʻlishicha, 2021-yilning oktabr oyida Jizzax shahrining Hamid Olimjon nomidagi mahallada istiqomat qiluvchi T.S. arizachini respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga ishga joylab qoʻyishni vaʼda qilib, undan 2 million soʻm olgan. Lekin Yu.A.ning shifoxonada ishlash orzusi ushalmagan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan surishtiruvlar davomida ayblanuvchi Baxmal tumani “Qirqqishloq” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi M.J.ni ham chuv tushirgani aniqlandi. U 2022 yilning noyabrʼ oyida Jizzax shahridan turar-joy olish uchun subsidiya ajratilishida yordam koʻrsatishga soʻz berib, M.J.ning 10 million soʻm pulini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Mazkur jinoyatlar boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.