Viloyat IIBda matbuot anjumani hamda boshqarma huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Matbuot anjumanida oʻtgan hisobot yili davomida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar va ularning natijadorligi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda joriy 2024-yilda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha keng jamoatchilikka axborot berildi.
Tadbirning ikkinchi qismida boshqarma huzurida tashkil etilgan Jamoatchilik kengashining muhim masalalari hamda uning aʼzolari ishtirokida xodimlar faoliyatini shaffof tahlil qilish, kuzatish va xulosaviy fikr bildirishda oʻziga xos yangicha yondashuv asosida olib borilayotgan chora-tadbirlar ish samaradorligini oshirish barobarida, xalq osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda muhim sanalishi borasida fikr-mulohazalar yuritildi. Matbuot anjumani soʻngida sohaga taalluqli OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga boshqarma boshligʻi va tegishli sohaviy xizmat masʼullari tomonidan javoblar berildi.
M.AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
