Buxoro viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Mirjamol Miralimov “Xodimbay” tizimi asosida shahar va tuman IIBlarda samarali xizmat qilayotgan xodimlarning oilaviy ahvolini oʻrganish maqsadida xonadonlarida boʻldi.
Boshqarma boshligʻi xodimlarning yashash sharoiti, mavjud muammolarini joyida oʻrgandi. Ularning oilaviy munosabatlari hamda xizmatdan boʻsh vaqtlarini qay yoʻsinda oʻtkazishlari boʻyicha masʼullarga oʻzining bir qator tavsiyalarini berdi. Shuningdek, Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan xodimdlarni hamda ularning oila aʼzolarini samimiy qutladi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
