Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB va uning quyi tizimlarida kadrlar bilan ishlash, xodimlarning kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni aholi eʼtiboriga yetkazishga qaratilgan navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi. Tadbirda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari – MMI va KBTX boshligʻi, podpolkovnik Umid Utayev boshchiligida tegishli sohaviy xizmat rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, mustaqil jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi. Anjuman qizgʻin savol-javoblarga boy tarzda oʻtdi.


Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati