2022-yildan esa ichki ishlar organlari xodimlari safida xizmatini boshladi. Dastlab Xonobod shahar IIB HPB profilaktika inspektori etib tayinlandi. Profilaktika katta inspektori, kapitan Elmurod Haydarov unga ustozlik qilib, oʻz tajribasini oʻrgatdi.
– Oʻsha kun umrbod yodimda qoldi, – deydi leytenant Fazliddin Qoraboyev. – Joriy yil boshida davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi chogʻida men oʻshanda xizmat qilayotgan «Yangi hayot» mahallasiga ham keldilar. Prezidentimiz qishloq ahli hayotiga jiddiy qiziqish bildirib, fuqarolarning xonadonlarida boʻldi, «Avito» mineral shifobaxsh suvi ishlab chiqarish sexini borib koʻrdilar, ikkita toʻqimachilik sexi faoliyati bilan tanishdilar. Oʻsha kunlardan olgan maʼnaviy kuch hozirda olib borayotgan xizmat faoliyatimda ham juda asqatyapti. Hozirda Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, eski ish usullari oʻtmishda qoldi. Biz, yoshlar oldida bir yoʻl bor – zamonaviy qarashlar bilan olgʻa intilish, bilim va kasb mahoratlarini muttasil oshirib borish.
Boris KLEYMAN,
oʻz muxbirimiz.
Andijon viloyati.
