5 mart kuni Belgiyada nishonlanadigan Onalar kuni yilning eng muhim bayramlaridan biridir. Bu kun 1832 yildan boshlab Belgiyada milliy anʼanaviy bayram tusini olgan. Ushbu kunda koʻp insonlar oʻzlarining ish oʻrinlarida boʻlmasdan balki oila davrasida boʻlib, onalariga xaqiqiy bayram tuxfasini hozirlaydilar. Belgiyaning ayrim shaharlarida Onalar kuniga bagʻishlab modalar koʻrgazmasi tashkil etiladi. Unda model sifatida onalar ishtirok etishadi va yangi kiyimlarni, aksesuarlarni va taqinchoqlarni namoyish etadi.
Madina Qahhorova tayyorladi.
