Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor B. Mirzarahimov IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligida boʻlib, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi. Soʻng ularning jangovar-xizmat faoliyatini tashkil etish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni oʻrgandi.
Suhbat jarayonida shaxsiy tarkibga xizmat paytida va xizmatdan tashqari vaqtda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, oʻz vazifasini sidqidildan bajarish, oʻzaro muloqotda xushmuomala boʻlish zarurligini taʼkidladi. General-mayor B. Mirzarahimov, shuningdek, ofiserlarga harbiy xizmatchilar bilan xizmat oldi yoʻriqnoma mashgʻulotlarini sifatli tashkillashtirish borasida qimmatli tavsiyalar berdi.
Vazir oʻrinbosari Vatan himoyachilariga, jumladan, IIV harbiy xizmatchilariga davlatimiz tomonidan koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida gapirib berdi. Xususan, shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar shayligini oshirish, turli murakkab va ogʻir vaziyatlarga nisbatan ruhiy bardoshliligini, yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash orqali milliy armiyamizning jangovar shayligi va qudratini kuchaytirish bugungi kun talabi ekanligini uqtirdi.
Niyatbay MURZABAYEV,
kapitan.