Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani “Sarbozor” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi xususiy tadbirkor U.T. ichki ishlar organlariga ariza yozib, Jizzax shahri Doʻstlik mahallasida yashovchi R.Q. uning bank plastik kartasidan elektron dastur orqali 1 milliard 98 million soʻmini yechib olganligini bildirgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
