Joriy yilning 10-yanvar kuni tungi soat 03:25 da Gʻijduvon tumanida Qoʻriqlash xizmati qoʻriqlovida boʻlgan xonadonlarning biridan tashvish xabari kelib tushdi. Voqea joyiga yetib borgan Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari zudlik bilan holatni oʻrganishdi. Oʻrganishlar davomida nomaʼlum shaxs xonadon derazasini sindirib, noqonuniy ravishda ichkariga kirganligi aniqlandi hamda gumonlanuvchi shaxs voqea joyida qoʻlga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oʻz muxbirimiz.
