Buxoro viloyatida 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasi oʻtkazildi. Mazkur musobaqaning tantanali qismida soʻzga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov hamda viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Mirjamol Miralimov mamlakatimizda aholi oʻrtasida sportni ommalashtirish, fuqarolarni sogʻlom turmush tarziga rioya qilishlari uchun yaratilayotgan sharoitlarni eʼtirof etib, bu kabi musobaqalar yoshlarning sportga boʻlgan qiziqishi oshishiga xizmat qilishini alohida taʼkidlashdi.

   Musobaqaning oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi bahslarida 11 ta jamoa ishtirok etdi. Finalda Buxoro viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sportchilari oʻzaro bellashishdi. Yakunda Buxoro viloyati voleybolchilari gʻalaba qozonib musobaqa kubogini qoʻlga kiritishdi.

    Shuningdek, musobaqaning qiz bolalar oʻrtasidagi bahslarida 7 ta jamoa ishtirok etib, final bosqichida Buxoro va Namangan viloyati yosh sportchilari oʻzaro bellashishdi. Yakunda namanganlik voleybolchilarning qoʻllari baland keldi. Keyingi oʻrinlarni Buxoro va Andijon viloyatlari yoshlar egallashdi.  

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.