Sayohatning ilk yoʻnalishi qadimiy va navqiron Buxoro shahridagi Xoja Orif Revgariy ziyoratgohida boʻlgan ziyoratchilar alloma hayoti va faoliyati va obidaning yaratilish tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Soʻngra viloyatda joylashgan Islom dini rivojiga munosib hissa qoʻshgan ulugʻ ajdodlarimiz sagʻanalari ziyorat qilindi. Xalq amaliy sanʼati va hunarmandchilik namunalari tomosha qilindi.
Bir soʻz bilan aytganda, sayohat faxriylar oilaviy madaniy hordiq chiqarishi bilan birga, bir olam taassurotlar olishiga zamin hozirladi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
