Masʼullar olis hududlar aholisining sud-huquq hamda ichki ishlar organlari faoliyatiga doir murojaatlarini joyiga chiqib oʻrganib kelishmoqda. Peshku tumanining “Chigʻirchi” mahallasida oʻtkazilgan sayyor qabulda 30 dan ortiq fuqarolarning ishga joylashish, qayta tiklash, surishtiruv va dastlabki tergov, probatsiya, migratsiya sohalariga doir murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi. Asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun ish yurituviga olinganlari yuzasidan manzilli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosini taʼminlash borasida mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

O.XOLAKOV,

kapitan.

Buxoro viloyati.