Toshkent viloyati IIBB boshligʻi oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruh Olmaliq shahrining “Alisher Navoiy” mahallasida boʻldi. Oʻrganishlar davomida, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, mahallada xavfsiz muhitni yaratish maqsadida mahallaning kirish-chiqish joylariga kuzatuv kameralari, koʻp qavatli uylarning hovlilariga PTZ-kameralar, kirish yoʻlaklari oldiga tashvish tugmalarini oʻrnatish choralarini koʻrish, shuningdek, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini texnik qoʻriqlovga olish yuzasidan masʼullarga qoʻshimcha topshiriqlar berildi.
Ishchi guruh tomonidan, mahalla yettiligi faoliyati ham tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
